Янги адабиётлар

Боғдорчилик курси

Bog'dorchilik kursi

"Professional bog'bon Amerika sertifikati "
Рўйхатдан ўтинг

American Master Gardener Certificate Course
Bog'dorchilik kursi

Qishloq xo'jaligida tajribangiz bormi va shu sohada martabaga erishmoqchimiz?
Issiqxonangiz, bog'ingiz bor, ammo sizda bog'dorchilik buyicha bilimlaringiz etarlik emasmi?
Siz bog'dorchilik sohasida bilimi sayozligi sababli, o'z ishini yurita olmaydigan ishchilaringizni malaka oshirishini istaysizmi?
Yoki qishloq xo'jaligi  yo'nalishidagi xalqaro tashkilotda ishlashni xohlaysizmi? Lekin siz bog'dorchilik bo'yicha etarli bilimga  ega emassiz?
 

Kurs tavsifi:
 
Kurs davomiyligi: 17 kun, 2019 yil 2 dekabrdan - 20 dekabrgacha
Kurs jadvali: dushanbadan shanbagacha, 9: 00dan - 4: 00gacha, tushlik vaqti 12: 00dan - 1: 00gacha.

Trener:
Ross Penhalegon - mevali bog'lar (mevalar, rezavorlar, funduk (jami 230 ta mevali ekinlar) yetishtirish bo'yicha yuqori malakali mutaxassis, AQShning Oregon universiteti qishloq xo'jaligi fanlari professori. USAID tomonidan Ross Penhalegon ishtirokida dunyoning 41 mamlakatida bog'larni kesish va ekish, hosildorlikni oshirish va o'simliklarni himoya qilish bo'yicha 91 ta trening o'tkazildi (shu jumladan Qirg'iziston va Tojikistonda 38 ta trening).
 
Kurs o'quv dasturi:
O’kuv dasturi 58,5 soat ma'ruza va 45,5 soat amaliy mashg'ulotlardan iborat.
  • Botanika - o'simliklarning klassifikatsiyasi va vazifalari (o'tli, daraxtli);
  • Tuproqshunoslik, tuproq mikrobiologiyasi;
  • O'g'it va Kompost tayorlash usullari;
  • Sug'orish va suv sifati printsiplari;
  • Ko'chatlar ekish;
  • Sabzavot etishtirish asoslari;
  • Yong'oqlar, rezavorlar va sabzavotlar;
  • O'rim-yig'im va saqlash;
  • O'simliklarni himoya qilish (hasharotlar, kasalliklar, begona o'tlardan);
  • Pestitsidlar;
  • Daladan oshxonagacha xavfsiz oziq-ovqat;
  • Entomologiya (hasharotlar) va o'simlik kasalliklari asoslari;
  • Tomchilatib sug'orish tizimi;
  • O'simlik kasalliklari diagnostikasi (dala amaliyoti);
  • Bog’lar (dala amaliyoti);
  • Mevali daraxtlarni kesish (dala amaliyoti);

Kurs narxi:

“Standart” paket: o’qish, tushlik bilan birga: 750,000 so’m

“To’liq” paket: o’qish, maktab hududida turar joy, 3 marta ovqatlanish: 1,500,000 so’m

“Amaliy-1” paket:1 ma’ruza va 2 kunlik amaliy mashg’ulot, tushlik bilan: 1,000,000 so’m*
* DIQQAT! TOSHDAU VA TIQXMMI TALABALARI uchun – 300,000 SO'M (70% chegirma)

“Amaliy-2” paket: 1 ma’ruza va 2 kunlik amaliy mashg’ulotlar, maktab hududida turar joy va 3 marta ovqatlanish: 1,300,000 so’m.

To’lov shakli : barcha turdagi to'lovlar

O'qitish  standartlari:
Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga 100% qatnashish.
Darslarda 100% faol ishtirok etish.
Faqatgina kurs oxirida imtihondan  o’tganlar “Professional bog'bon Amerika sertifikati” ni olishi kafolatlanadi.
Faqat yuqori ball to'plagan bitiruvchilar 2020 yilda chet ellik mutaxassislar ishtirokidagi bog'dorchilik bo'yicha keyingi intensiv kurslarga taklif qilinadi.

Ishtirokchilarni tanlash mezonlari:
 
Kurs quyidagilarga mo'ljallangan:
 O'z karerasini meva-sabzavot mahsulotlarini, ya'ni mevalar va yong'oqlar, uzum, rezavorlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va boshqa sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, sotish va sotishni boshlashni istaganlar uchun.
 
Ishtirokchilar soni: 50 kishigacha. Yoshi 17-35 gacha bo'lganlar.
 
Ta'limga bo'lgan talab: diplom / attestat, o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot va undan yuqori ma'lumot. Qishloq va suv sohasidagi universitetlar talabalari yoki bitiruvchilariga, shuningdek qishloq xo'jaligi korxonalari mutaxassislariga ustuvorlik beriladi.
 
Ishtirokchining arizasi:
Xohlovchilar bu erda ro'yxatdan o'tishlari mumkin: https://bit.ly/2NPRl22
Ro'yxatdan o'tish paytida siz  pasportingiz nusxasini va propiska bilan  nusha ilova qilishingiz kerak.
 
Manzil:
Respublika bog'bonlar maktabi,
Chimkent katta yuli, Guliston KFY, Toshkent viloyati, Toshkent tumani.

 
Barcha savollar bo'yicha quyidagilar bilan bog'laning:
Ziyoda Mirzamatova, Baxodir Mirkomilov, Kurs koordinatorlari
Telefon +998 99 8038240 (Telegram), +998 99 4848240 (Telegram)

 

Рўйхатдан ўтинг

Қидирув

Эълон

Публикациялар



Flag Counter

Ишчи гуруҳ | Сайт харитаси | Алоқа | CACAARI | ТошДАУ